Rossiyada mehnat şartnomasi asosida vaqtinça işlaydigan muhojirlarga oilasini mamlakatga olib kelişi taqiqlanişi mumkin. Leonid Slutskiy boşçiligidagi Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDP) deputatlari Davlat dumasiga migrantlar oilasining Rossiyaga kirişini çeklaşga qaratilgan qonun loyihasini kiritişga tayyorlanmoqda.
Taşabbus asosan Rossiya fuqaroligi yoki mamlakatda doimiy yaşaş uçun boşqa asoslarga ega bölmagan past malakali migrantlarga tegişli. Yuqori malakali mutaxassislar oilalari uçun istisno qiliş rejalaştirilgan.
Slutskiyga köra, bundan maqsad “köpinça mahalliy urf-odatlar va qoidalarni eʼtiborsiz qoldiradigan” izolyatsiya qilingan migrantlar jamiyatlari şakllanişiga yöl qöymaslikdir. Şuningdek, u migrantlar oilalari yaşaydigan kvartiralarda kommunal tölovlarni tölaş bilan boğliq muammolarga eʼtibor qaratdi.
Deputatlarning daʼvo qilişiça, migrantning oilasi mehnat şartnomalari yoki patentlar asosida Rossiyaga erkin köçib ötişi böyiça amaldagi praktika muhojirlarning nazoratsiz oqimiga va ijtimoiy keskinlik kuçayişiga olib keladi. Taklif etilayotgan özgartişlarga köra, migrantning mehnat şartnomasi yoki patentining mavjudligi uning oila aʼzolari Rossiyaga kirişi uçun yetarli asos bölmaydi.









