Anor taʼmli içimligi Qozoğistonda ham taqiqlanişi mumkin

Anor taʼmli içimligi Qozoğistonda ham taqiqlanişi mumkin

Qozoğistonda Afğonistonda işlab çiqarilgan baʼzi anor taʼmli gazlangan içimliklar taqiqlanişi mumkin. Bu haqda “Tengrinews” naşri xabar berdi.

Qozoğiston Soğliqni saqlaş vazirligining Sanitariya-epidemiologiya nazorati qömitasi maʼlumotlariga köra, anorli gazlangan içimliklarning muvofiqligi laboratoriyada tekşiriladi.

“Hozirda qömita hududiy bölinmalari çakana savdo şoxobçalarida anor qöşilgan (Afğonistonda işlab çiqarilgan) gazlangan içimliklarning har xil turlarini laboratoriya tekşiruvidan ötkazgan holda sinov xaridlarini ötkazmoqda”, deyiladi qömitaning naşrga javobida.

Sinov xaridi natijalariga köra, agar içimlikda böyoqlarning ruxsat etilgan meʼyorlaridan oşsa, mahsulotni qaytarib oliş va sotişdan olib taşlaş şaklida tezkor javob çoralari köriladi.

Şuningdek, joriy yilda mahsulotlarning sanitariya-epidemiologiya monitoringi doirasida 100 dan ortiq kam alkogolli, tonik va alkogolsiz energetik içimliklar namunalari sinovdan ötkazilgan. Ular Bojxona ittifoqining texnik reglamentlarida belgilangan xavfsizlik körsatkiçlariga muvofiqligi uçun sinovdan ötkazildi. Laboratoriya tekşiruvlari natijalariga köra qonunbuzarliklar aniqlanmagan.

Umuman olganda, 2023 yil va 2024 yilning birinçi yarmida Qozoğistonda alkogolsiz energetik içimliklarni sotişga taqiq joriy etilmagan.

Maʼlumot uçun, “Royal”, “Paradise”, “Mani”, “Pure”, “Golden Life” anor taʼmiga ega alkogolsiz gazlangan içimliklar Qozoğistonda sinovdan ötkazilgani haqida ötgan oyda xabar berilgandi. Qozoğistonlik ekspertlar içimlik qutilarida “böyoq (azorubin E122) bor” degan ogohlantiriş belgisi yöqligini aniqlaşdi. Soğliqni saqlaş vazirligi maʼlumotlariga köra, uşbu modda bolalarning faolligi va eʼtiboriga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.

Bundan taşqari, qadoqlaşda içimliklarning tarkibi va ozuqaviy qiymati, şuningdek, işlab çiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati körsatilmagan. Çakana sotuvçilarga uşbu içimliklarning markalanişi texnik reglament talablariga javob bermasligi sababli kelgusida xarid qilmaslik tavsiya qilindi.

Avvalroq Qirğizistonda Afğonistonning anorli gazli içimligini sotiş taqiqlangandi. Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligining Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspektsiyasi esa Özbekistondagi bozor va dökonlarda sotilayotgan anor taʼmli “Royal” içimligi sifat talablariga javob bermasligi aniqlangandi.

Teglar:
×