Kontrakt miqdori nega oşirildi?

Kontrakt miqdori nega oşirildi?

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi yangi öquv yili uçun respublika OTMlarida bakalavriat va magistratura yönalişlari böyiça tölov-kontrakt miqdorlari yuzasidan şarh berdi.

Vazirlik izoh berişiça, 2020/2021 öquv yili boşida koronavirus pandemiyasi davrida aholini ijtimoiy himoya qiliş, xususan, aholining tölov qobiliyati pasayişini hisobga olib, talabalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida bazaviy tölov-kontrakt miqdorlariga (yaʼni stipendiyasiz summaga) 10 foiz miqdorda çegirma qilingan edi.

Yaʼni 2021 yil 1 fevraldan iş haqi miqdorlari 10 foizga oşirilgan bölsa-da, öquv yili uçun çegirma berilgan bazaviy kontrakt miqdori saqlab qolindi.

Misol tariqasida oladigan bölsak, pedagogika, texnika, gumanitar fanlar taʼlim yönalişlari böyiça kunduzgi şaklda tölov-kontrakt miqdori çegirma hisobiga 5 771 349 söm etib belgilangan edi. Aslida esa mazkur yönalişlarda kontrakt miqdori 2020 yil 1 sentyabrdan 6 412 610 söm, 2021 yil 1 martdan boşlab esa öquv yili uçun belgilangan miqdorga nisbatan 16 foiz yuqori, yaʼni 6 733 555 söm miqdorida bölişi kerak edi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, belgilangan tartibga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab 2021/22 öquv yili uçun (stipendiyasiz) bazaviy tölov-kontrakt miqdorlari taʼlim yönalişlariga qarab 7 759 440 sömdan 11 869 440 sömgaça belgilanib, 34,4 foizga oşirilişi lozim edi.

Şunga qaramasdan, Davlat komissiyasining qabul qilgan qaroriga asosan, bugungi kunda respublikadagi pandemiya şaroitini inobatga olib, bazaviy tölov-kontrakt miqdorlari haqiqatda örnatilişi lozim bölgan miqdorlarga nisbatan kamaytirilgan miqdorlarda tasdiqlandi, yaʼni 2021/22 öquv yilida tölov-kontrakt miqdorlari 10 foiz oşirilmagan, balki örnatilişi lozim bölgan miqdorga nisbatan 21,1 foizga kam etib belgilangan.

Eʼtiborlisi, bunda koronavirusga qarşi ixtiyoriy ravişda emlangan kunduzgi taʼlim şaklida tahsil olayotgan talabalar uçun kontrakt miqdori özgarişsiz qoladi.

Misol uçun, pedagogika, texnika, gumanitar yönalişlarida öqiyotgan talabalar stipendiyasiz bazaviy tölov-kontrakt summasi 10 foiz miqdorda çegirma bonusi berilgandan söng 5 771 349 sömni taşkil etadi.

Şuni ham alohida taʼkidlab ötiş lozimki, bugun belgilangan tölov-kontrakt miqdorlari talabani öqitiş xarajatlarining örtaça 68,4 foizini qoplaydi xolos.

Rasmiy bayonotda aytilişiça, yangi tartibni joriy etişda hukumatimiz pandemiya şaroitida respublika aholisining tölov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi tölov-kontrakt asosida öqiydigan oilalarga yengillik yaratiş va ularni qöllab-quvvatlaş maqsadlarini közda tutgan.

×