Ayrim yoşlarga “bir oylik” harbiy xizmat tölovi tölab beriladi

Ayrim yoşlarga “bir oylik” harbiy xizmat tölovi tölab beriladi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlarning haydovçilikka tayyorlaş kurslarida öqiş va “bir oylik” harbiy xizmat xarajatlari kompensatsiya qilinadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlarni qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilandi.

Qaror bilan “Mehribonlik” uylari, Bolalar şaharçalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan hamda “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarni qöllab-quvvatlaşga doir quyidagi vaqtinçalik tartiblar tasdiqlandi:

•    uşbu yoşlarga avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş kurslarida öqiş xarajatlarini kompensatsiya qilişi böyiça – BHMning 4 baravarigaça kompensatsiya beriladi; 

•    safarbarlik çaqiruvçi rezervidagi xizmatni ötaş badalini qoplaş böyiça.

Şuningdek, xususiy taşkilotlarga işga qabul qilingan, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarni kasbga qayta tayyorlaş kurslarida öqitiş xarajatlarini kompensatsiya qiliş böyiça vaqtinçalik tartib tasdiqlandi.

Bunda mazkur xarajatlarning 50 foizi kompensatsiya qilinişi nazarda tutilgan.

Bundan taşqari, qaror bilan “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari böyiça nodavlat taʼlim taşkilotlarida öqiş xarajatlarining bir qismini hamda ular böyiça milliy sertifikatlar oliş uçun ötkaziladigan imtihonlarni topşiriş xarajatlarini qoplab beriş tartibi belgilandi.

×