Aholi uçun naqd valyutani bojxonadan deklaratsiyasiz olib ötiş miqdori oşirildi

Aholi uçun naqd valyutani bojxonadan deklaratsiyasiz olib ötiş miqdori oşirildi

Aholi tomonidan naqd valyutani bojxonadan deklaratsiyasiz olib ötiş miqdori oşirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 443-sonli qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Xususan, aholi tomonidan olib kiriş va olib çiqiş mumkin bölgan naqd valyuta miqdori 100 mln sömgaça etib belgilandi. Oldin bu körsatkiç 70 mln sömni taşkil etgan.

Mazkur ekvivalentdan ortiq miqdordagi naqd Özbekiston yoki çet el valyutasi yölovçi bojxona deklaratsiyasini töldiriş va bojxona organi xodimiga taqdim etiş yöli bilan bojxona nazoratidan ötkaziladi.

Fuqarolar deklaratsiya töldiriş talab etiladigan belgilangan ekvivalentdan ortiq naqd valyuta mablağlarini bojxona nazorati şakllari qöllanilmasdan oldin deklaratsiyalamagan holda bojxona organlari xodimlariga maslahat oliş maqsadida taqdim etsa, ularga deklaratsiya töldiriş qoidalari haqida umumiy tuşuntirişlar beriladi.

Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan 3 oy ötib kuçga kiradi.

Akobir Sayidov


×