Özbekiston böyiça 2024 yil 9-11 avgust kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
Bugun kunduzi Özbekiston hududining katta qismida juda issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 40-42 daraja, janubida baʼzi joylarda 45 darajagaça böladi.
Faqat Özbekistonning şimoli-ğarbiy hududlariga salqin havo kirib kelişi boşlandi. Hafta örtasida uşbu hududda kuzatilgan juda issiq ob-havodan söng, bugun Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduz kuni havo harorati 32-37 darajagaça pasayadi.
Dam oliş kunlari nisbatan salqin havo respublikaning barça hududlariga tarqaladi. Havo harorati kunduz kunlari 33-38 daraja atrofida, respublika janubida 39-41 darajagaça böladi.
Bu kunlarda Özbekiston hududi böyiça quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Toşkent viloyatining va Farğona vodiysi viloyatlarining toğ oldi va toğli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda 11 avgust kuni momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.
Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gaça kuçayadi, çang-tözonlar bilan kuzatiladi.
Poytaxtimizda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-14 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Harorat keçalari 10 avgustda 24-26 daraja, 11 avgustda 22-24 daraja, kunduz kunlari 9 avgustda 39-41 daraja, 10-11 avgustda 34-37 daraja böladi.









