Dam oliş kunlari Özbekistonda havo harorati yana kötariladi

Dam oliş kunlari Özbekistonda havo harorati yana kötariladi

Dam oliş kunlari Özbekistonning aksariyat hududlarida asosan quruq ob-havo saqlanib qoladi. Ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomğir va momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Bu haqda Özgidromet eʼlon qilgan prognozda keltirilgan.

Unga köra, bugun, 3 iyul kuni kunduzi respublika hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va keçqurun Toşkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Havo harorati 30–33 daraja atrofida, janubda va çöl hududlarda 35–37 darajagaça böladi. Şamol şimolda va çöl hududlarda 15–20 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Ertaga, 4 iyul kuni faqat Farğona vodiysida, şuningdek keçasi va ertalab Toşkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati deyarli özgarmaydi.

5 iyul, yakşanba kuni Özbekistonning barça hududlari böyiça yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati kötarila boşlaydi va kunduzi havo 34–37 darajagaça, janubda 39 darajagaça isiydi. Şamol 7–12 m/s tezlikda esadi.

3–4 iyul kunlari toğ oldi va toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğadi. Sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toşkentda bugun kun davomida yoğingarçilik kutilmaydi, keçqurun qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat 31–33 daraja böladi. 4 iyul kuni keçasi va ertalab qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin, kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 31–33 daraja böladi. 5 iyul kuni yoğingarçilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 34–36 darajagaça kötariladi. Harorat keçalari 18–23 daraja atrofida böladi. Şamol şarqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 10 m/s gaça kuçayişi mumkin.


Teglar:
×