Prognozlarga köra, 13—14 iyul kunlari hududlarda 30—34 darajagaça issiq böladi. Janubiy viloyatlarda esa harorat 13 iyul kuni 39 darajagaça, 14 iyul kuni 37 darajagaça kötarilişi kutilmoqda.
Toşkent, Sirdaryo viloyatlari va Farğona vodiysi baʼzi joylarida 14 iyul kuni qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Qoraqalpoğistonda 13—14 iyul kunlari yomğir yoğişi prognoz qilingan.
Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida şamol tezligi 18-23 metr/sekundgaça kuçayişi, çang-tözon kuzatilişi mumkin.









