Özbekistonda dam oliş kunlari harorat -10 darajagaça pasayadi

Özbekistonda dam oliş kunlari harorat -10 darajagaça pasayadi

Joriy yilning 23 yanvar kuni respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida biroz yoğingarçilik saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometerologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, bugun, 21 yanvar kuni Özbekiston hududining katta qismida quyoşli va quruq ob-havo bölişi kutilmoqda. Qoraqalpoğistonda, Surxondaryo viloyatida keçga tomon biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati +7…+12 daraja, şimolda -3...+2 daraja atrofida böladi.

Ertaga, 22 yanvar kuni sovuq antitsiklon respublikaning barça hududlarini qamrab oladi. Özbekistonda bulutli va sovuq ob-havo bölişi kutilmoqda, respublika böyiça yomğir va qor körinişidagi biroz yoğingarçilik böladi, toğli hududlarda qor yoğadi, harorat kunduzi 0...+5 darajadan oşmaydi.

21-22 yanvar kunlari sovuq front ötişida respublika böyiça şamol 17-22 m/s gaça kuçayişi mumkin.

Yakşanba kuniga yoğingarçilik töxtaydi, faqat respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida biroz yoğingarçilik saqlanib turadi. Keçasi sovuq kuçayadi va 0...-5 daraja, şimolda -5…-10 daraja atrofida böladi, kunduzi havo harorati +3…+8 darajani taşkil etadi.

Dam oliş kunlari tsiklon taʼsirida tuman hosil böladi körinuvçanlik yomonlaşadi.

×