Dam oliş kunlari havo biroz sovuq böladi

Dam oliş kunlari havo biroz sovuq böladi

Juma kuni Özbekiston böylab yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati +15…+17 darajagaça, janubda esa +20 daraja atrofida böladi. Dam oliş kunlari Qozoğistondagi sovuq antittsiklon massalari taʼsiri havo harorati kunduzi +8…+13 daraja, keçasi +3…+8 darajagaça pasayişi kutilmoqda.


«Özgidromet» markazining maʼlumot berişiça, juma kuni Özbekiston böylab yoğingarçilik kutilmaydi.

Ertalab respublika şimolida va Farğona vodiysida baʼzi joylarga tuman tuşişi hisobiga körinuvçanlik yomonlaşadi.

Harorat foni keçagi kunduziga nisbatan biroz past, ammo yetarli darajada yuqori bölişi kutilmoqda. Respublika hududlarida havo xarorati +15…+17 darajagaça, janubda esa +20 daraja atrofida böladi.

Dam oliş kunlari Özbekiston hududiga markazi Qozoğiston ustida bölgan sovuq antitsiklon taʼsir etadi. Havo harorati keçalari +3…+8 darajagaça, kunduz kunlari +8…+13 darajagaça pasayadi.

Uşbu kunlarda respublikaning barça hududlari böyiça quruq ob-havo saqlanib turadi, keçasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tuşadi.

Sovuq havo kirib kelişi natijasida şimol va çöl hududlarining baʼzi joylarida şamol 15−20 m/s gaça kuçayadi.

Teglar:
×