Markaziy bank tijorat banklari tomonidan markazlaşgan mablağlar hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditining yillik foiz stavkasi 0,5 foizga pasayganini maʼlum qildi.
26 iyuldan Markaziy bank boşqaruvining qaroriga asosan asosiy stavka 13,5 foizga pasaytirilgandi. Şu sababli markazlaşgan mablağlar hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditining yillik foiz stavkasi mutanosib ravişda pasaydi.
Özbekistonda ipoteka kreditlari quyidagi tijorat banklari tomonidan ajratiladi:
- “Asaka bank”
- “Milliy bank”
- “Xalq” banki
- “Aloqabank”
- “Sanoatqurilişbank”
- “Biznesni rivojlantiriş” banki
- “Mikrokreditbank”
- “Turon bank”
- “Agrobank”
- “Hamkor bank”
- “Oriyent finans bank”.
“2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratiş mexanizmlarini takomillaştiriş va aholining uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilingandi. Unga köra, mazkur kredit miqdori Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda — 330 million sömgaça, Toşkent şahrida — 420 million sömgaça.
Qarz oluvçi tomonidan birlamçi uy-joy bozorida kvartira sotib oliş uçun zarur bölgan ipoteka kreditining miqdori dasturda körsatilgan miqdordan yuqori bölganda, banklar öz hisobidan kreditning yetmagan qismini bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratiş orqali moliyalaştirişi mumkin.
Birlamçi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib oliş uçun ipoteka kreditlarini ajratişda ipoteka predmetini suğurta xavflaridan suğurta qiliş talabi bekor qilindi.
Mazkur ipoteka krediti rasmiy daromadga ega bölmagan fuqarolaga ham ajratiladi.
Uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj bölgan şaxslarga yakka tartibdagi uy-joy quriş, rekonstruktsiya qiliş va taʼmirlaş uçun 120 million sömgaça ipoteka kreditlari ajratiladi. Bunday fuqarolarga byudjet mablağlari hisobidan 30 million söm miqdorida subsidiya ham tölanadi.









