Kreditlar yillik 14 foiz stavkada ajratiladi

Kreditlar yillik 14 foiz stavkada ajratiladi

«Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş va aholining daromad manbaini kengaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident qarori (PQ–55-son, 20.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida maqsadli jamğarmalar hamda Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining resurslari banklarga yillik 10 foizda joylaştiriladi.

Şuningdek, imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:

  • aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygaça imtiyozli davr bilan 3 yilgaça;
  • çorvaçilik, baliqçilik va parrandaçilik uçun – 1 yilgaça imtiyozli davr bilan 3 yilgaça;
  • boğdorçilik, uzumçilik va limonçilik, issiqxona, qişloq xöjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qiliş uçun – 3 yilgaça imtiyozli davr bilan 7 yilgaça;
  • «Hunarmand» uyuşmasi aʼzolariga – 3 yilgaça hamda aylanma mablağlarni töldiriş uçun 18 oygaça ajratiladi;
  • kreditlar hokim yordamçisining tavsiyasi asosida ajratiladi;
  • çorvaçilik uçun kreditlar kamida 10 dan 50 boşgaça çetdan keltirilgan naslli çorva mollarini boqiş uçun kiçik fermalarni taşkil etişga beriladi;
  • «yetakçi» tadbirkorlarga dehqon xöjaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qişloq xöjaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetiştiriş va yetiştirilgan mahsulotlarni xarid qiliş uçun aylanma mablağlarni töldirişga kreditlar ajratiladi.

2022  yil  1 martdan kreditlar töliq raqamlaşgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi.

×