Özbek olimlari tomonidan onkologik kasalliklarni 99 foizgaça davolaş imkonini beruvçi yangi preparat işlab çiqildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Özbekiston fanlar akademiyasi Yadro fizika instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor Ilhom Sodiqovning maʼlum qilişiça, 2022 yilning iyun oyida röyxatdan ötkazilib, işlab çiqarişga tatbiq etilgan yangi radiofarmatsevtik vektorli terapiya vositasi saraton kasalligini davolaşda nihoyatda samarador bölgan yangi dori vositasi hisoblanadi.
“Bu dori vositasining bitta dozasi hozirgi kunda AQŞda 70 ming dollar, Yevropa mamlakatlarida 25 ming dollar atrofida sotilyapti. Bizning institutimiz uşbu dorini respublikamizdagi 3 ta onkologik klinikalarga 1,5 AQŞ dollari narx bilan yetkazib berişni yölga qöydi”, deydi professor.
Qayd etilişiça, uşbu preparat 2018 yildan boşlab bir neçta çet davlatlarda, har biri özlari yaratgan texnologiya böyiça işlab çiqarilib, tibbiyotda qöllanilib kelinmoqda. Özbekistonda yaratilgan yangi texnologiya böyiça mazkur dorini işlab çiqariş yölga qöyilgan.
“Hozirgi kunda işlab çiqarilayotgan “Lyutetsiy-177” nomli izotop dunyodagi boşqa işlab çiqaruvçilar mahsulotidan 10 barobar toza hamda yuqori sifatli radioizotop hisoblanadi.
Oddiy qilib aytganda, dunyoda bor dori vositasini takomillaştirib, özimiz yaratgan texnologiya böyiça unga nisbatan sifatli va arzon mahsulot işlab çiqarişni yölga qöydik”, deydi Ilhom Sodiqov.
Uning qayd etişiça, dori tarkibi “Lyutetsiy-177” radioizotopi va unga biriktirilgan prostata spetsifik membranali “antigen-617” degan oqsil moddasidan iborat. Uşbu oqsil moddasi “Lyutetsiy-177” radioizotopini organizmning saraton metastazalari bölgan joylariga yetkazib beruvçi vosita vazifasini bajaradi. “Lyutetsiy-177” radioaktiv izotopi saraton ösmalari içiga kirib, özining radioaktiv nurlari bilan ularni kuydiradi. Bu nurlarning ötiş masofasi 1-2 millimetrni taşkil qilgani sababli ular ösmani içidan yemirib, atrofidagi soğlom töqimalarga zararli taʼsir körsatmaydi. Bu bilan ösmalarni operatsiyasiz davolaş imkoni paydo böladi.
Şuningdek, professor yangi preparatdan foydalanilgandan söng natijalar 99 foizgaça qayd etilayotganini aytib ötgan.
“Hozirgi kunda bu dori 4-bosqiçdagi saraton kasalligining 97-99 foizgaça tuzalişini taʼminlayapti. Jahondagi tibbiyotçilar revolyutsion dorilar qatoriga kiruvçi bu preparatga “fantastik natija”, deb baho berişyapti.
Bu dori vositasi institutning şöʼba korxonasi bölgan “Radiopreparat” davlat korxonasi va Radiokimyo ilmiy laboratoriyasi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar mahsuli hisoblanadi”, deydi u.
Eslatib ötamiz, Germaniyaning Konstants universiteti tadqiqotçilari saraton hujayralari tarqalişiga samarali qarşilik körsatadigan moddani topişga muvaffaq bölgan edi.
Javohir Qadamov
Manba: Qalampir.uz









