2024 yilning birinçi yarmida Tesla Model Y elektrokrossoveri dunyoda eng köp sotilgan avtomobilga aylandi. Bu haqda «Avtostat» focus2move maʼlumotlariga asoslanib xabar berdi.
Olti oyda dunyoning 162 mamlakatida şu modeldagi elektromobillardan 581 mingtasi sotildi, bu Tesla Model Y ilk marta bestsellerga aylangan ötgan yilning şu davridagidan deyarli 2 foiz köpdir.
Reytingda ikkinçi qatorni Toyota Corolla egalladi — 544 ming dona avtomobil (+5,7 foiz). Uçinçi — Toyota RAV4 (498 ming dona, +23,2 foiz).
Jahonda eng köp sotilgan avtomobillar (top-10):
- Tesla Model Y — 581 mingta
- Toyota Corolla — 544 mingta
- Toyota RAV4 — 498 mingta
- Ford F-Series — 411 mingta
- Kia K5 — 373 mingta
- Honda CR-V — 362 mingta
- Chevrolet Silverado — 328 mingta
- Hyundai Tucson — 296 mingta
- Toyota Camry — 267 mingta
- Kia Sportage — 265 mingta









