Özbekistonda sotilayotgan dorilarning 90% "original" emas - SSV

Özbekistonda sotilayotgan dorilarning 90% "original" emas - SSV

SSV Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş bölimi rahbari original va litsenziya asosida işlab çiqarilgan generik dorilar farqini tuşuntirib berdi.

 Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi Axborot-tahlil bölimi boşliği Muhabbat Ibrohimova original va litsenziya asosida işlab çiqarilgan dorilar farqini tuşuntirib berdi.

Mutaxassis aytişiga qaraganda dorilar ilk bor ixtiro qilinganda va işlab çiqilganda ular "original" deyiladi.  Ularning patent muddati tugaganidan keyin boşqa firmalar ham şu dorini boşqa nomlar ostida işlab çiqarişi mumkin böladi va bu dorilar "generik" deyiladi. 

Özbekiston bozorida aylanayotgan dori vositalarining 90 % patent muddati tugagan va qayta işlab çiqarilgan, yaʼni generik dorilar, dedi Ibrohimova. 

- Bitta dorini yaratiş uçun kamida 15 yil yoki undan köp vaqt ketadi. Bu nafaqat Özbekistonda, balki butun dunyoda kuzatiladigan real amaliyot. Dori işlab çiqarilgandan keyin uning nomi original böladi. Original dori vositasi patentiga ega bölgan firma uni 25 yil davomida faqat özi işlab çiqaradi, özi narx belgilaydi.

Yangi dori ixtiro qiliş, işlab çiqariş va sinovdan ötkaziş uçun 15 yil vaqt va 1 milliard AQŞ dollari kerak böladi, şuning uçun ham original dorilar narxi qimmat böladi, - deydi mutaxassis.

×