Toşkentda nomaʼlum ayollar tomonidan sotilayotgan atir odamlarni öldiryaptimi?

Toşkentda nomaʼlum ayollar tomonidan sotilayotgan atir odamlarni öldiryaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda göyoki Toşkentda atir sotuvçi ayollar yurganligi, ular sotayotgan atirni hidlagan şaxs vafot etayotganligi haqida audioxabar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bölmoqda. Toşkent şahar IIBB xabarlarga rasmiy munosabat berdi.

“Mazkur xabar haqiqatga mutlaqo zid bölib, bu kabi holatlar Toşkent şahrida qayd etilmaganligini, şu mazmundagi yolğon xabarlar bir neça yillardan beri ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yurganligini maʼlum qilamiz.

Hurmatli şahrimiz aholisi va mehmonlari! Sizlardan, asoslanmagan va tasdiqlanmagan xabarlarga işonmaslikni hamda tarqatmaslikni söraymiz”, deyiladi munosabatda.

×