Özbekistonda karantin çoralarining kuçaytirilişi ortidan “qizil” va “sariq” hududlarda avtotransport vositalari harakatlanişiga nisbatan yana çeklovlar örnatilmoqda.
Özbekistonga Koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga köra:
“sariq” hududlarda soat 06:00 dan – 22:00 ga qadar;
“qizil” hududlarda soat 07:00 dan – 10:00 gaça va 17:00 dan – 20:00 gaça avtotransport vositalarida harakatlanişga ruxsat beriladi.
Çeklovlar joriy yilning 5 iyul kuni soat 00:01 dan boşlab kuçga kiradi.
Eslatib ötamiz, 30 martdan 20 aprelga qadar Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtomobillarda harakatlaniş uçun Davlat xizmatlari markazlaridan maxsus stiker oliş kerakligi belgilandi









