Yöllarda sotilayotgan muzqaymoqlardan zaharlaniş mumkin

Yöllarda sotilayotgan muzqaymoqlardan zaharlaniş mumkin

Köçada antisanitar holatda sotilayotgan muzqaymoqlarda stafilokokk bakteriyasi bölişi mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi aholini ogohlantirdi.

Maʼlum qilinişiça, muzqaymoq asosan sut mahsulotidan tayyorlanişi sababli tez özgaruvçanlik xususiyatiga ega. Şu bois uni doim sovuq haroratda saqlaş talab etiladi. Agar issiqlik taʼsirida muzqaymoq erisa, qaytadan muzlatib, isteʼmol qiliş mumkin emas. Çunki jarayon davomida muzqaymoqning tarkibi özgarib, bakteriyalarni öziga jalb qiliş xususiyati ortadi.

Şuningdek, bugungi kunda köçada ruxsat etilmagan idişlarda muzqaymoq sotiş holatlari köp kuzatilayotgani ham aytib ötilgan.

“Bugungi kunda yöl-yölakay sotilayotgan muzqaymoqlar köpaydi. Oxirgi paytlarda ana şu mahsulotlardan isteʼmolçilarning zaharlaniş holatlari yuzaga kelmoqda. Köça-köyda sotilayotgan muzqaymoq solingan aksariyat idişlar bugungi kunda sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi. Bunday plastik idişlarni esa kimyoviy usulda zararsizlantiriş imkoniyati ham mavjud emas”, deyiladi xabarda.

Qömita tomonidan olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida köçada sotilayotgan muzqaymoq mahsulotlaridan nazorat tahlili olinganida ularning tarkibida stafilokokk bakteriyasi aniqlangan.

Stafilokokk köp hollarda ikkilamçi infektsiyalarning rivojlanişiga sabab böladi. Patogen stafilokokk tuşgan sut va sut mahsulotlari: tort, muzqaymoq va boşqa oziq-ovqatlarni isteʼmol qilinganda kişi zaharlanişi mumkin.

Qömitaning qayd etişiça, yöl-yölakay sotilayotgan muzqaymoqlarning qaçon va qayerda, qanday şaroitda işlab çiqarilgani, tarkibi, saqlaş muddati hamda şaroiti töğrisida heç qanday maʼlumot yöq. Şuningdek, bu mahsulotni sotayotgan sotuvçilar maxsus kiyim-boş bilan taʼminlanmagan va ularning tibbiy körikdan ötgani töğrisida maxsus yuritiladigan daftari ham mavjud emas. Talabga köra, maişiy xizmat körsatuvçi korxonalar, savdo şoxobçalari va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan şuğullanadigan xodimlar har olti oyda tibbiy körikdan ötib turişlari zarur.

“Muzqaymoq asab va oşqozon-içak faoliyatining bir maromda keçişida foydali, ammo bu mahsulotni tayyorlaşda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qiliş juda zaruriy omildir. Avvalo sut mahsulotining qayerdan olib kelingan, veterinariya ekspertizasidan ötib, maʼlumotnomaga ega bölganmi, şuningdek, epidemiologik vaziyati yaxşi sigirlardan olinganmi, şularga diqqat qaratiş darkor”, deyilgan xabarda

Qömita muzqaymoq tayyorlaganda zarur texnologik jarayonlarga amal qiliş, şaxsiy gigiyena qoidalarini qatʼiy bajariş kerakligini ham eslatib ötgan.


×