Rossiyada özbekistonlik erkak keksa ayolni piçoqlab öldirdi

Rossiyada özbekistonlik erkak keksa ayolni piçoqlab öldirdi

Rossiyada özbekistonlik erkak keksa ayolga 23 marta piçoq bilan zarba berdi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, jinoyat 2023 yil 20 noyabrda Ulyanovsk viloyati Dimitrovgrad şahrining Dimitrov köçasidagi uyning kiriş qismida sodir bölgan. Özbekistonlik erkak mast holatda köp qavatli uyning kiriş joyida jabrlanuvçining orqasidan borib, keksa ayolga hujum qilgan va piçoq bilan tana qismiga 23 marta zarba bergan.

Şuningdek, ayblanuvçi jabrlanuvçining mol-mulkini olib qoçib ketgan. Ayol voqea joyida vafot etgan.

Kiriş joyiga örnatilgan kameralar yordamida erkakning şaxsiga aniqlik kiritilgan. Özbekistonlikning yaşaş joyi tintuv qilinganda öğirlangan narsalar topilgan.


Teglar:
×