Namanganlik erkak ayolining "öynaşi"ni piçoqlab öldirdi

Namanganlik erkak ayolining "öynaşi"ni piçoqlab öldirdi

Tunda uyiga qaytgan er ularni öz yotoqxonasida "uşlab olgan".

 

Joriy yilning 25 sentyabr kuni soat 01:30 atrofida Namangan viloyati Uyçi tumanida yaşovçi 1991 yilda tuğilgan Ş.A. örtoqlari bilan birga bölib ötgan gap marosimidan yaşaş xonadoniga kelgan. Şu vaqtda özining yotoqxonasida telefon apparati çiroği yoniqligini körib, turmuş örtoği unga xiyonat qilayotgan bölişi mumkinligini öylab, yaşaş xonadonida bölgan piçoq bilan qurollangan va yotoqxonasiga kirgan. Yotoqxonada uning turmuş örtoği Z.A. boşqa tumanda yaşovçi T.Z. (erkak) bilan işqiy munosabatlarga kirişib, unga xiyonat qilayotganligiga guvoh bölgan.

 

Şundan söng Ş.A. ayoli bilan işqiy munosabatga kirişgan T.Z.ni kiyimsiz holatda taşqariga olib çiqayotganda T.Z. unga qarşilik körsatgan. Şunda Ş.A. qölidagi piçoq bilan T.Z.ning kökrak qafasiga 1 marotaba urib, uni qasddan öldirgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Ş.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.


×