Farğonada erkak bir yoşli qizini piçoqlab öldirdi

Farğonada erkak bir yoşli qizini piçoqlab öldirdi

Farğonada ota özining bir yoşli qizini piçoqlab öldirdi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 31 yoşli erkak endigina 1 yoşga tölgan öz farzandiga piçoq sançib, uning qotiliga aylangan.

Töplangan sud hujjatlaridan maʼlum bölişiça, erkak hamda uning xotini örtasida özaro tuşunmovçilik sababli janjal yuzaga kelgan. Janjal davomida erkak göyoki ayolidan qasd oliş maqsadida himoyasiz holatda bölgan bir yoşli qizçasining qorin qismiga oşxona piçoğini sançib olgan. 

Qizaloq şifoxonaga olib borilganiga qaramasdan, öşa yerda vafot etgan.

Holat Jinoyat işlari böyiça Qöqon şahar sudida körib çiqilgan. Erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismining “v” bandi bilan 17 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.


Teglar:
×