Samarqandda erkak amakivaççasini piçoqlab öldirdi

Samarqandda erkak amakivaççasini piçoqlab öldirdi

Samarqand viloyati Pastdarğom tumanida 28 yoşli erkak kelişmovçilik sabab 23 yoşli amakivaççasini piçoqlab öldirdi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 1 avgust kuni 16:00 larda Pastdarğom tumani “Çortut” mahallasida sodir bölgan. Unda 28 yoşli N.O. kelişmovçilik sabab 23 yoşli amakivaççasi S.M.ni oşxona piçoği bilan öldirib qöygan. 

Viloyat içki işlar boşqarmasi boşliği Rahmat Mamatov iştirokida mazkur qotillik muhokamasi atrofliça örganilgan va tahlil qilingan. Unda tuman hokimligi, mutasaddi taşkilotlar, jamoatçilik vakillari mahalla ahli iştirok etgan.

“Yoşlarning feʼl-atvori, bilimi va dunyoqaraşi, jamiyatda tutgan örni, eng asosiysi kelajagi heç birimizni befarq qoldirmasligi lozim. Nima uçun keyingi vaqtlarda yoşlar jinoyatçiligi ortdi? Uning sabablari tahlil qilinganda, aksariyati yoşlarning kasb-hunar örganmasdan, taʼlim olmasdan bekor yurganidan kelib çiqişi maʼlum böldi”, deydi boşqarma boşliği.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahri Çilonzor tumanida 25 yoşli yigit kelişmovçilik tufayli öz akasini piçoqlab öldirgani haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida uka akasi bilan janjallaşib, uni öldirib qöygan edi.


Teglar:
×