Er telefonda boşqa erkak bilan gaplaşgan xotinini urib, öldirib qöydi

Er telefonda boşqa erkak bilan gaplaşgan xotinini urib, öldirib qöydi

Qaşqadaryoda er telefonda boşqa erkak bilan gaplaşgan xotinini urib, öldirib qöydi. Bu haqda Dehqonobod tuman IIB boşliği Ğayrat Haydarovga tayanib "Everyday.uz" maʼlum qildi.

Xabar qilinişça, voqea 3 iyul kuni sodir bölgan. Öşa kuni erkakning 39 yoşli xotini boşqa erkak bilan telefonda gaplaşib turganini eşitib, uni raşk qilib, uning çap közi va orqa qismiga tan jarohati yetkazgan.

Ayol şifoxonaga yotqizilgan va körsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Tuman IIB boşliğining maʼlum qilişiça, hodisa sodir bölişidan bir kun avval ham ular janjallaşişgan. Bunga loqaydlik bilan qaragan profiliaktika inspektoriga nisbatan xizmat tekşiruvi boşlangan.

Holat yuzasidan JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Erkak qamoqqa olingan.

×