24 yoşli erkak uç oylik çaqaloqni yiğlagani uçun urib öldirdi

24 yoşli erkak uç oylik çaqaloqni yiğlagani uçun urib öldirdi

Angliyaning Kent grafligida 24 yoşli erkak qiz döstining uç oylik öğlini yiğlaşdan töxtamagani uçun urib öldirdi. Sud uni qotillik va qasddan oğir tan jarohati yetkazişda aybdor deb topdi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Sudda maʼlum bölişiça, Tayla Uormbi 2022 yil 15 iyulga ötar keçasi qiz dösti Şennon Hodjes uxlayotgan paytda uning 12 haftalik öğliga qarab turgan. Çaqaloq bolaning biologik otasi bölmagan Uormbining qaramoğida qolgan.

Ertalab soat 05:30 dan köp ötmay, bolaning onasi uning ahvolidan xavotirlanib, tez yordam çaqirgan. Çaqaloqning rangi oqarib ketgan, özi esa huşsiz holatda bölgan. Uning boşi ham sezilarli darajada şişib ketgan. Onasi tez yordam operatoriga bolaning boşiga tekkanda qattiq yiğlayotganini aytgan.


Teglar:
×