Ijtimoiy tarmoqlar orqali propan gaz narxlarining keskin oşganligi yuzasidan eʼtirozlar tarqalib, jamoatçilik tomonidan muhokamalarga sabab bölmoqda.
Raqobat qömitasi holatga öz munosabatini bildirdi.
«Raqobat qömitasi yuqoridalarni inobatga olgan holda öz vakolatlari doirasida tovar-xom aşyo birjalari orqali realizatsiya qilinişi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qöyilişi va sotilişi yuzasidan tegişli örganişlarni olib bormoqda.
Örganiş yakunlari yuzasidan qöşimça maʼlumot taqdim etiladi», deyiladi munosabatda.
Maʼlumot uçun, Raqobat qömitasi öz funktsiyalaridan kelib çiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi, xususan, suyultirilgan gazning narxlarini oşişi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlaştirişni taʼminlaş maqsadida tegişli çoralar köriş yuzasidan masʼul regulyatorga (15.07.2024 yil) xabar yuborilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq metan gaz narxi oşgani ham xabar qilingandi.









