1 fevraldan benzin narxi qançaga oşişi mumkinligi aytildi

1 fevraldan benzin narxi qançaga oşişi mumkinligi aytildi

Özbekistonda joriy yilning 1 fevralidan Ai-80 benzini narxi örtaça 110 sömga oşişi kutilyapti. Bu haqda “Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Kompaniya xabarida taʼkidlanişiça, 2021 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat byudjeti töğrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan qator neft mahsulotlari va yakuniy isteʼmolçiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aktsiz soliq stavkalariga joriy yil 1 fevraldan özgartiriş va qöşimça kiritilmoqda.

Neft mahsulotlariga solinadigan aktsiz soliq stavkalari:

•    1 tonna Ai-80 benzini: amalda – 200 000 söm, 1 fevraldan – 240 000 söm (özgariş 40 000 söm yoki 20%);

•    1 tonna Ai-90 va undan yuqori markali benzini: amalda – 250 000 söm, 1 fevraldan – 275 000 söm (özgariş 25 000 söm yoki 10%);

•    1 tonna dizel yoqilğisi: amalda – 200 000 söm, 1 fevraldan – 240 000 söm (özgariş 40 000 söm yoki 20%);

•    1 tonna EKO dizel yoqilğisi: amalda – 180 000 söm, 1 fevraldan – 216 000 söm (özgariş 36 000 söm yoki 20%).

Yakuniy isteʼmolçiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aktsiz soliq stavkalari:

•    1 tonna benzin: amalda – 378 480 söm, 1 fevraldan – 465 530 söm (özgariş 87 050 söm yoki 23%);

•    1 tonna dizel yoqilğisi: amalda – 346 275 söm, 1 fevraldan – 425 918 söm (özgariş 79 643 söm yoki 23%).

“Yuqoridagi özgarişlar Ai-80 benzini misolida körilganida, AYOQŞlarda örtaça narx tarkibidagi mavjud soliq va boşqa majburiy tölovlar örtaça 110 sömgaça (QQS bilan) bölgan miqdorda çakana narxiga taʼsir qilişi mumkin”, deyiladi xabarda.

Manba: Qalampir.uz

×