Özbekistonda benzin narxi oşişi tasdiqlandi. Qançaga oşadi?

Özbekistonda benzin narxi oşişi tasdiqlandi. Qançaga oşadi?

Avvalroq, Özbekistonda benzin narxi oşişi kutilayotgani haqida xabar bergan edik. “Özbekneftgaz” uşbu maʼlumotni tasdiqladi. 

Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 dekabrdagi “Kuz-qiş mavsumida isteʼmolçilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlaş va ularning narxlari keskin oşişining oldini oliş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-440-sonli qaroriga asosan, 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan yakuniy isteʼmolçilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uçun aktsiz soliği “nol” stavkada qöllanişi belgilangan edi.

Şuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 15 dekabrda tasdiqlangan “Kuz-qiş mavsumida isteʼmolçilarni AI-80 rusumli avtobenzin bilan uzluksiz taʼminlaş va ularning narxlari keskin oşişining oldini oliş” çora-tadbirlarida 2022 yil 9 dekabrdan 2023 yil 1 martga qadar “Özbekiston respublika tovar-xom aşyo birjasi” AJning alohida birja sektsiyasi orqali AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotini sotiş narxining ösişi birja savdosiga çiqariş narxiga nisbatan köpi bilan 5 foizgaça miqdorda belgilangan.

Natijada, 2022 yil 1-12 dekabr kunlari 1 tonna AI-80 rusumli avtobenzin uçun örtaça birja narxi 8 096 ming sömni taşkil qilgan bölsa, 13 dekabrdan boşlab 6 295 ming sömni taşkil qilgan yoki 1 801 ming sömga arzonlaşdi.

Öz örnida AYOQŞlarda 1 litr AI-80 rusumli avtobenzinning narxi örtaça 6 800 - 7 500 sömdan 5 700 – 6 000 sömgaça, yoki örtaça 1 100 sömga arzonlaşdi.

“Aktsiz soliği “nol” stavkada qöllanişi va birja savdolarida “spred” joriy etilişi davrida (2022 yil 12 dekabr – 2023 yil 22 fevral) respublika isteʼmolçilariga 386 ming tonna (örtaça kunlik 5 300 tonna), yoki ötgan yillarning mos davriga nisbatan 188,6 ming tonnaga köp AI-80 rusumli avtobenzin yetkazib berildi.

2023 yil 1 martda yuqoridagi tartiblarning amal qiliş muddati (imtiyozli davr) yakunlangandan keyin aktsiz soliği hisoblanişi va birjada narxlarning erkin (ösiş darajasi çeklanmasdan) şakllanişi hisobiga AI-80 rusumli avtobenzin narxi oşişi kutilmoqda”, deyiladi “Özbekneftgaz” xabarida. 

Maʼlum qilinişiça, 1 martdan boşlab birja savdolariga joylaştiriladigan 1 tonna mahalliy AI-80 rusumli avtobenzin boşlanğiç narxi 6 863 000 sömdan, import avtobenzini narxi 8 036 000 sömdan şakllanib, birja savdolari yakuni bilan narxlar örtaça 8 150 000 sömni (1 litr uçun 6 100 söm) taşkil etişi kutilmoqda.

Bunda, narxlar özgarişi hisobiga “Özbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYOQŞlarda 1 litr AI-80 rusumli avtobenzinning çakana narxi mahalliy mahsulot uçun 6 800 sömdan, import mahsuloti uçun 7 000 sömdan şakllanadi.


×