Metan gaz narxi böyiça eʼtirozlardan söng raqobat qömitasi örganiş boşladi

Metan gaz narxi böyiça eʼtirozlardan söng raqobat qömitasi örganiş boşladi

Özbekistonda avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalarida metan va propan narxi oşgani haqida xabarlar tarqaldi. Raqobat qömitasi bu borada örganiş işlarini boşladi.

Bu holat böyiça eʼtirozlar tarqalib, jamoatçilik tomonidan muhokamalarga sabab böldi. Raqobat qömitasi şuni inobatga olgan holda, öz vakolatlari doirasida tovar-xom aşyo birjalari orqali realizatsiya qilinişi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qöyilişi va sotilişi yuzasidan tegişli örganişlar olib borilayotganini maʼlum qildi.

Qömita örganiş yakunlari yuzasidan qöşimça maʼlumot taqdim etilişini bildirdi.

Qayd etilişiça, Raqobat qömitasi öz funktsiyalaridan kelib çiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi, xususan, suyultirilgan gaz narxlarining oşişi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlaştirişni taʼminlaş maqsadida tegişli çoralar köriş yuzasidan masʼul regulyatorga 15 iyul kuni xabar yuborgan.

Avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalarida bir kub metr metan gaz narxi oşgani haqida xabarlar 1 avgustdan boşlab tarqaldi. Biroq örganişlar barça hududlarda ham metan narxi özgarmaganini, ayrimlarida eski narxi, ayrimlarida esa 4250 sömgaça sotilayotganini körsatmoqda.

2024 yil 25 may kuni Vazirlar Mahkamasining metan gaz uçun belgilangan eng baland çakana narxning amal qiliş muddatini uzaytiriş haqidagi qarori qabul qilingan va 1 avgustga qadar avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalarida bir kub metr metan gazning eng baland narxi 3750 söm etib belgilangan edi.

Teglar:
×