Özbekistonda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

Özbekistonda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yaşovçi 21 yoşli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan şuğullangani uçun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qöziboyev maʼlum qildi. 

Maʼlum qilinişiça, 2024 yil 28 iyun kuni Toşkent şahar IIBB kotibiyati tomonidan röyxatga olingan fuqaro A.A. ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilganda fuqaro Ğ.Yo. ga tegişli telefon va plastik kartadan kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan şuğullangani aniqlangan. U kripto-aktivni Telegram-messenjeriga yiğgan va 20.000 dona notkoinni 150 AQŞ dollari evaziga sotgan.

Sud qaroriga köra, yigit Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 155-4-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Şuningdek, Ğ.Yo.dan bazaviy hisoblaş miqdorining 15 foizi, yaʼni 510.000 söm undirilişi belgilandi. Aşyoviy dalil sifatida olingan bir dona telefon apparati tegişli tartibda yöq qilinişi maʼlum qilindi.


Teglar:
×