Qamoqxonada «bunt» kötargan yigit 16 yilga qamaldi

Qamoqxonada «bunt» kötargan yigit 16 yilga qamaldi

Özbekistonda mavjud qamoqxonani “qora zona” qilinişi va uning içida masjid qurilişini talab qilib “bunt” kötargan mahkum yigit 16 yilga qamaldi.

2020 yil 10 yanvar kuni Jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyat sudida sudya A.Taşevning raisligida O.Amonovga oid jinoyat işi körib çiqildi.

“Jahon.uz”ga maʼlum bölişiça, 1988 yil 31 iyulda Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanida tuğilgan Amonov Olimjon Ğulomoviç Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (JK) 104-moddasi 1-qismi, 166-moddasi 2-qismining “a” bandi, 276-moddasining 1-qismi, 165-moddasi 1-qismi bilan , 97-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan sudlangan.

U öziga belgilangan jazo muddatini Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahridagi 2-sonli Jazoni ijro etiş koloniyasi (JIEK)da ötab kelayotib, koloniya hududiga olib kiriş va foydalaniş taqiqlangan uyali telefon apparati va sim kartasini tergov davrida aniqlaş imkoniyati bölmagan yaşirin yöllar bilan olib kirişga erişib, ulardan noqonuniy ravişda foydalanib kelgan.

Muassasa rahbariyati tomonidan ötkazilgan rejadagi tintuvda esa 1 (bir) dona “NOKIA” rusumli,1 (bir) dona “SAMSUNG J3”, 1 (bir) dona “MAXVI C-20” va 1 (bir) dona “INOI-100” rusumli telefon apparatlari, 1 (bir) dona SAMSUNG J2 va 1 (bir)  dona “IPHONE-4S” rusumli telefon apparatlari, çiqindilar soliş uçun möljallangan quti içidan 1 dona “FLY-180” rusumli telefon apparati jami bölib 8 (sakkiz) dona uyali aloqa telefon apparatlari rasmiylaştirilib, olib qöyilgan (Qamoqxonaga şunça telefon qayerdan kirgani esa nomaʼlum).

Bundan norozi bölgan Amonov Olimjon Ğulomoviç, Abduğafforov Islomjon Abdusamad öğli bilan birgalikda jazoni ijro etiş muassasasining bir meʼyorda faoliyat yuritişi va uni izdan çiqariş maqsadida jinoiy til biriktirib, mahkumlarga oçlik eʼlon qilişni buyurgan va ulardan qörqqan mahkumlar oçlik eʼlon qilgan.

O. Amonov va uning şeriklari koloniyani “çyornaya zona” deb eʼlon qilişlarini, jazoni ijro etiş koloniyasiga kirib kelayotgan har qanday mahsulotlar, jazoni ijro etiş muassasasi xodimlari orqali emas, balki ularni qöllaridan ötişini aytib, mahkumlar örtasida muassasa xodimlariga nisbatan işonçsizlik uyğotib, “muassasa içida masjid qörib berilişi, diniy mazmundagi kitoblarni köpaytiriş, uçraşuv soatlarini uzaytiriş, olingan telefon apparatlarini qaytarib beriş va ovqatlaniş idişlarini özlari bilan olib yurişlari” haqidagi qonunga zid bölgan talablarni qöyişgan.

Voqea joyiga kelgan Qarşi maxsus prokurori F.Omonov, viloyat IIB örinbosari Z.Ravşanovga mahkumlar tezkor qidiruv bölimi xodimi Şaropov Sunnatni, tarbiya bölim boşliği Mardonov Sohiblarni xizmat vazifasidan zudlik bilan böşatişni, intizomiy bölinmada turgan Hakimov Hakimni intizomiy bölinmadan çiqarib yuborişni, diniy kitoblarni berişni, olib quyilgan telefonlarni qaytarib berişni va boşqa bir qança noqonuniy talablarni quyişgan.

Tartibbuzarlikka asosiy sababçi deb topilgan O. Amonovga nisbatan sud hukmi bilan 16 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

O.Amanovga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazo muddati 2019 yil 27 fevral kunidan boşlab hisoblanişi belgilandi.

Manba: 7news.uz

×