Samarqand viloyatining Urgut tumanida ehtiyojmand oilalar uçun möljallangan arzon unning bir qopiga 15 ming sömdan qöşib sotgan mahalla raisi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Maʼlum bölişiça, joriy yilning 18 aprel kuni Urgut tumani «Yuqori Qayroqli» MFY raisi Ö.A. 145 ming sömdan sotilişi lozim bölgan 48 qop unni mahalla fuqarolariga 160 ming sömdan sotgan.
Sud majlisida MFY raisi öz aybiga iqror bölib, uyiga un sörab kelganlarga 145 ming sömlik unni 160 ming sömdan sotganini tan oladi.
Urgut tuman Maʼmuriy sudi raisi Akmal Alimovning maʼlum qilişiça, fuqaro Ö.A. Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismi (Davlat röyxatidan ötmasdan noqonuniy tadbirkorlik faoliyati amalga oşiriş), 194-moddasi 1-qismi (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 195-moddasi (Içki işlar organlari xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş) bilan aybli deb topilgan va 1 million 115 ming söm jarima hamda 15 sutka maʼmuriy qamoq bilan jazolangan.









