Rossiyaning Volgograd viloyat sudi ilgari Qurʼonni yoqib yuborganlikda ayblangan 20 yoşli vologdalik talaba Nikita Juravelni “vatanga xiyonat” işi böyiça hukm qildi va jinoyatlar yiğindisidan kelib çiqib, uni salkam 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda keça, 25 noyabr kuni Volgograd viloyati sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Rossiya Jinoyat kodeksining 275-moddasi (Davlatga xiyonat) bilan ayblanib, Juravel 13 yil-u 6 oyga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilingan. Şuningdek, unga diniy marosimlar ötkaziladigan joylarda dindorlarning his-tuyğularini ommaviy haqorat qiliş va oldindan til biriktirib, bir guruh şaxslar bilan bezorilik sodir etiş böyiça ham ayblovlar qöyilgan.
https://t.me/uzvideo/20478
Sud majlisida Juravel öz aybiga iqror bölgan. Yigit Qurʼonni yoqib yuborgani uçun uzr söragan, lekin xiyonat aybidan farqli ölaroq, bezorilik böyiça ayblovni tan olmagan. Oktyabr oyida sud Juravelga xiyonat işi böyiça ayblov xulosasini tasdiqlagandi.
Maʼlumot uçun, Juravel 2023 yil 4 may kuni Volgograddagi sobor masjidi yonida Qurʼonni yoqib yuborgan. Buni u Ukraina Qurolli kuçlarining Axborot va psixologik operatsiyalar markazi nazorati ostidagi veb-saytda ulaşgan. 20 may kuni esa Tergov qömitasi Juravelning hibsga olinganini eʼlon qilgan.
Rossiya Adliya vaziri Konstantin Çuyçenko 21 may kuni Juravelni jazo muddatini asosan musulmonlar yaşaydigan mintaqaga ötaş uçun yuborişni töğri deb bilişini aytgan.
Qurʼonning yoqib yuborilişi Çeçenistonda katta norozilikka sabab bölgan. Grozniyda köp ming kişilik miting bölib ötdi va respublika rahbari Ramzan Qodirov Juravelning sodir etgan qilmişini dahşatli iş deb atadi. Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning qarori bilan Juravelga qarşi jinoiy iş Çeçenistondagi tergovçilarga ötkazildi. Grozniy masjidlarining jami 13 nafar imom-xatibi işda jabrlanuvçi sifatida tan olingan.









