Özbekistonda kripto-aktiv sotgan yigit 15 sutkaga qamaldi

Özbekistonda kripto-aktiv sotgan yigit 15 sutkaga qamaldi

Joriy yil 13 avgust kuni jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudi kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan şuğullangan 1999 yilda Qoraqalpoğistonda tuğilgan K.A.ni MJtKning 155-4- moddasi 1-qismi bilan aybli deb topdi va 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qildi.

Şuningdek, sud jinoyat quroli sifatida eʼtirof etib uning Iphone 12 Pro Max telefonini tegişli tartibda yöq qilişga qaror qilgan.

Sud tergovida maʼlum bölişiça, 2024 yil 6 avgust kuni Toşkent şahar IIBB Kotibiyati tomonidan röyxatga olingan murojaat yuzasidan tergovaga qadar tekşiruv işlari olib borilganda K.A. ga tegişli telefondan kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan şuğullanganligi aniqlangan. Sud majlisida söralgan ayblanuvçi yuqorida körsatib ötilgan holat böyiça aybini tan olib, kripto-aktivni yiğiş va sotiş bilan şuğullanganini, kripto-aktivni öz akkaunti orqali yiğganini hamda kripto-aktivlarni onlayn bölimi orqali sotganini bildirgan.

Sud K.A.ga 15 sutka qamoq jazosi tayinlaş bilan birga, uning hisobidan qamoqni har bir kuni uçun qabul qiliş muassasasi foydasiga BHMning 15 foizi, yaʼni 765 ming söm undiruv tayinlagan.


×