Namangan viloyatida sel kelişi oqibatida viloyatning Kosonsoy tumanidagi köprik talafot körgani va harakatlaniş uçun yopilgan edi,
Viloyat FVB matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, Namangan viloyati hududida kuçli yomğir va döl yoğişi oqibatida Namangan şahar, Kosonsoy, Töraqörğon hamda Uyçi tumanlarining ayrim mahallalarida aholi yaşaş xonadonlari, köçalarga suv toşişi holatlari kuzatilgan.
Ayni vaqtda Namangan viloyat hokimi hamda sektor rahbarlari, Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği hamda texnika vositalari va qutqaruv otryadlari jalb etilib, yuzaga kelgan holatni bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.

Bundan taşqari yomğir va döl yoğişi oqibatida sodir bölgan suv toşqini natijasida aholi yaşaş xonadonlarida töplanib qolgan suvlarni tortiş işlari amalga oşirilmoqda. Hodisa joylariga maxsus avtomobillar va xizmatçilar yonğin qutqaruv qismi şaxsiy tarkibi, şu bilan birga hamkor taşkilotlardan 80 ta texnika va 584 nafar işçi xodimlari jalb etildi.
Namangan şahar "Yuksaliş" MFYda joylaşgan 4,5,6,-köp qavatli uylarni yer tölasida suv töplanganligi sababli köp qavatli uyda yaşovçi 100 nafar fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilinib, yer töladagi töplanib qolgan suvlarni 4 ta yonğin qutqaruv avtomobili va 8 ta suv tortiş nasoslari (motopompa) orqali tortiş çoralari körilgan. Şu bilan bir qatorda Namangan şahar Davlatobod tumani Yelixon mahalla fuqarolar yiğini hududidan oqib ötuvçi Şişaki soyi yaqinida joylaşgan 7 ta xonadondagi 32 nafar fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.
Şuningdek, Pop tumani, “Imomota” mahalla fuqarolar yiğini hududida kuçli yomğir yoğişi oqibatida sel kelişi kuzatilgan. Sel toşqini oqibatida zararlangan yöllarda qayta tamirlaş işlari amalga oşirilmoqda.
“Jabrlangan, tan jarohat olganlar yöq. Fuqarolarimizdan vahimaga berilmaslik va ijtimoiy tarmoqlarda notöğri maʼlumotlarni tarqatmaslikni sörab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham keça, 20 iyul kuni Farğona vodiysining toğli hududlarida kuçli yoğingarçilik yuzaga kelib, Andijon va Namangan viloyatlari tumanlarida aholi uylariga suv toşib kirgani haqida maʼlumot berdi.
“Andijon viloyatining Qörğontepa, Jalaquduq va Andijon tumanlari, Namangan viloyatining Namangan şahri, Kosonsoy, Töraqörğon, Davlatobod va Uyçi tumanlarida joylaşgan aholi xonadonlarining tomorqalari va hovlilariga suv toşib kiriş holatlari kuzatilgan.
Voqea joyiga Andijon va Namangan viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boşqarmalari şuningdek, viloyat hokimliklari, IIB, MG rahbariyati va şaxsiy tarkibi hamda FVDT xizmatlari kuç-vositalari jalb etilib, suv oqimi oqibatlarini bartaraf etiş hamda aholi tomorqalaridan suvni çiqariş işlari olib borildi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilişça, kuçli yoğingarçiliklar natijasida aholi yaşaş uylariga zarar yetmagan va jabrlanganlar yöq.









