Naqd xorijiy valyutalarni yaşirin yöllar bilan olib çiqişga bölgan urinişlarga qarşi bojxona organlari tomonidan samarali kuraş olib borilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyati bojxona boşqarmasi “Döstlik” çegara bojxona posti orqali qöşni mamlakatga piyoda holda çiqib ketayotgan fuqaro D.K.ning xatti-harakatlari bojxonaçilar eʼtiborini tortdi va uşbu şaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, uning oyoq kiyimlarining har bir poyida 20 000 AQŞ dollaridan – jami bir juft oyoq kiyimda 40 000 AQŞ dollari ustamonlik bilan yaşirilgani aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.









