Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoa Yevro-2024 dan ketganidan söng özining Instagram sahifasida muxlislarga murojaat qildi.
«Biz köproq narsani xohladik. Biz yaxşiroğiga loyiqmiz. Portugaliya uçun. Bizga bergan barça narsalaringiz va şu paytgaça erişgan barça narsalaringiz uçun minnatdormiz. Işonçim komilki, maydonda ham, uning taşqarisida ham bu meros şaraflanadi», - deb yozdi 39 yoşli Ronaldu.
Eslatib ötamiz, Portugaliya bir kun avval çorak finalda Frantsiyaga penaltilar seriyasida mağlub böldi.
Ronaldu Yevropa çempionatidagi 30-uçraşuvini ötkazib, öz rekordini yangiladi. U hozirgi Yevro uning uçun oxirgisi bölişini allaqaçon aytgan.
Yarim finalda Frantsiya Ispaniya bilan kuç sinaşadi. Uşbu uçraşuv 9 iyul kuni Myunxenda bölib ötadi.









