FVV zilzilalar böyiça yangi murojaat bilan çiqdi.
«Hurmatli hamyurtlar, bugun ijtimoiy tarmoqlarda yana bir bor zilzila röy berişi mumkinligi haqida yolğon maʼlumotlar tarqalib, uning manbasi sifatida Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy veb-sayti körsatilgan.
«7-9 balli zilzila röy berişi mumkin bölgan hududlar röyxati» FVV tomonidan eʼlon qilinmadi.
Aholimizni sarosimaga tuşmaslikka va feyk xabarlarga işonmaslikka çaqirib qolamiz.
Bugungi kunda zilzilaning vaqti va joyini aniq belgilab beruvçi texnologiya yöqligini eslatib ötamiz», deyiladi murojaatda.
Eslatib ötamiz, sönggi kunlarda Özbekiston hududida 5 ballgaça yer silkinişlari kuzatildi.
Şuningdek, mutaxassis qöşni davlatlarda bölayotgan yer qimirlaşlari Özbekistonga qanday taʼsir qilişini böyiça maʼlumot bergandi.









