Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev mamlakatimiz aholisiga murojaat qildi.
Qayd etilişiça, tahlillarga köra, joriy yilning ötgan davrida oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlarning 45 foizdan ortiği bevosita mahallalarda sodir etilgan.
«Ayni paytda mamlakatimiz böyiça 1,7 mingga yaqin mahallada kriminogen vaziyatni yaxşilaş – keçiktirib bölmaydigan vazifamizdir. Şu bois, har bir hududda mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi, xotin-qizlar faoli, soliq inspektori va ijtimoiy xodimdan iborat bölgan «mahalla yettiligi»ning faoliyat samaradorligini oşiriş çoralarini köramiz. Ayniqsa, ularning jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasidagi bilim, könikma va mahorati hamda eng asosiysi, faoliyat samarasini oşirişga alohida eʼtibor qaratiladi», deyiladi murojaatda.
Hozirgi vaqtda oğir va öta oğir jinoyatlar nisbatan köproq sodir etilgan 716 mahallaga Boş prokuratura va viloyat prokuraturalarining rahbar xodimlari biriktirilib, vaziyatni önglaş böyiça manzilli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Taʼkidlanişiça, yoşlar tarbiyasida oilaning, ota-onalarning masʼuliyatini oşirişga alohida eʼtibor qaratiladi. Bunda taʼlim muassasalarida, mahallalarda ota-onalar va yoşlar iştirokida manzilli profilaktik tadbirlar ötkaziladi.
«Maktabni nafaqat taʼlim, ayni vaqtda bolalarimiz ongiga odob-axloq, tartib-intizom va qonun-qoida asoslarini singdiradigan dargohga aylantira olsak, yoş avlodimizda jinoyatçilikka qarşi immunitet öquvçilik davridan boşlab şakllanadi», deydi Boş prokuror.
Şu nuqtai nazardan, kelgusida taʼlim muassasalarida öquvçilarning darsga töliq qatnaşi taʼminlanişi, sababsiz dars qoldiruvçilar va ularning ota-onalari bilan manzilli profilaktik tadbirlar ötkazilişi qatʼiy nazoratga olinadi.
«Muayyan tarmoq va sohalarga masʼul bölgan idora va taşkilotlar rahbarlari öz tizimida jinoyatçilikka qarşi kuraşiş faoliyatida bevosita iştirok etişi ğoyat muhim hisoblanadi. Ularning iştiroki jinoyatlarning sabab va omillarini bartaraf etiş imkoniyatlarini yanada kengaytirib, öz sohasida jinoyatçilikni kamaytiriş, uni “korruptsiyasiz sohaga” aylantirişni jadallaştiradi», deyiladi murojaatda.
Şu bois, idora va taşkilotlar rahbarlari tomonidan öz faoliyat yönalişida sodir etilayotgan jinoyatlarni çuqur örganib, ularga çek qöyiş masalalari ham respublika darajasida, ham joyiga çiqqan holda muhokama qilinadi, jarayonlar ustidan qatʼiy nazorat örnatilib, sodir etilayotgan jinoyatlar, ayniqsa, korruptsiya holatlariga barham beriş böyiça kompleks tahliliy va amaliy işlar tizimli ravişda olib boriladi.
Boş prokuror bugungi şiddatli axborot zamonida jinoyatçilikning yangi turlari, jumladan, kiberjinoyatçilik köpayayotganiga eʼtiborni qaratgan. Sönggi uç yilda bunday jinoyatlar qariyb 25 barobar oşgan, fuqarolarning katta miqdordagi pullari onlayn tarzda öğirlangan.
Qöşimça qilinişiça, nazorati bevosita prokuratura organlariga yuklatilgan yer hamda energiya resurslarini talon-toroj etiş, mansabni suiisteʼmol qiliş va korruptsiya bilan boğliq jinoyatlarning barvaqt oldini oliş hamda foş qilişga qaratilgan tadbirlar izçil davom ettiriladi.
Şu bilan birga, iqtisodiy jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, byudjet mablağlarini talon-toroj qiliş holatlariga qarşi kuraşiş, «xufyona iqtisodiyot»ni şakllantirişning turli sxema va kanallarini aniqlaş borasidagi işlar jadallaştirilib, mamlakatimizning iqtisodiy rivojiga tösqinlik qiluvçi holatlarni bartaraf etiş taʼminlanadi.
«Tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv va tergov faoliyati ustidan qatʼiy nazorat örnatiş yöli bilan inson huquq va erkinliklari daxlsizligini taʼminlaşga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Bu borada fuqarolarning şaxsiy va oilaviy siri, turar joy va mol-mulki daxlsizligini taʼminlaşning barça çoralari köriladi», taʼkidlanadi murojaatda.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlarning jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, mamlakatda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaşga doir faoliyati muvofiqlaştirib boriladi. Aholining xavfsizligini taʼminlaş borasidagi faoliyatda yöl qöyilgan xato va kamçiliklar yuzasidan prokuror nazorati kuçaytirilib, ular bartaraf etiladi.
Niğmatilla Yöldoşev öz murojaatida xalqimizdan prokuratura tizimiga har tomonlama tayanç va suyanç bölişini söragan.
«Qonunbuzarliklarga qarşi barçamiz birgalikda kuraş olib borsak, mahallalarimiz yanada tinç va obod böladi.
Fuqarolarimizdan öz taqdiriga, hayoti va soğliğiga beparvo bölmaslikni, turli firibgarlarning nayrangiga uçmasdan, öz mulkini asraş çoralarini körişini sörab qolamiz.
Qonunlarda belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy rioya etiş, özgalar huquqi, mol-mulkiga daxl qilmaslik ham qonuniy, ham insoniy burçimiz ekanini doimo yodda tutişimiz zarur», deyiladi murojaatda.









