Prokuror Namangan şahar aholiga murojaat bilan çiqdi

Prokuror Namangan şahar aholiga murojaat bilan çiqdi

Hurmatli hamşaharlar!
Butun dunyo mamlakatlarida koronavirus pandemiyasiga qarşi
kuraş, uning taʼsirini yumşatiş bilan bir qatorda, pandemiya
şaroitida yaşaş, korxonalar faoliyatini davom ettiriş va
aholining turmuş tarzini ham pandemiya şaroitiga moslaş
tendentsiyasi kuzatilmoqda.

Namangan viloyatida ham pandemiya davrida aholi soğliğini
saqlaş va kasallikning keng tarqalib ketişini oldini oliş
uçun zaruriy çoralar köriş asnosida karantin talablari va
çeklovlar sababli töxtab qolgan iqtisodiyot sohalarini qayta
tiklaş, işlab çiqariş, xizmat körsatiş va boşqa sohalardagi
tadbirkorlik faoliyatini davom ettiriş çoralari körilmoqda.
Xususan, Koronavirus infektsiyasi kirib kelişi va
tarqalişini oldini oliş böyiça viloyat komissiyasining
2020 yil 8 avgust kungi yiğiliş bayoni bilan viloyatimizda, şu
jumladan Namangan şahrida 10 avgustdan boşlab koronavirus
infektsiyasini keng tarqalişini oldini oliş va karantin
davrida aholiga qulaylik yaratiş, tadbirkorlik subʼektlari
faoliyatiga bosqiçma-bosqiç ruxsat beriş, mulkçilik şaklidan
qatʼiy nazar barça obʼektlarda sanitariya qoidalari va gigiyena
normativlariga rioya etilişini taʼminlaş belgilandi.

Mazkur bayon talablariga köra, tadbirkorlik subʼektlari va
maişiy xizmat körsatiş şahobçalari öz faoliyatini davom
ettirişi uçun sanitariya-epidemiologiya organlarining sektor
rahbarlari bilan kelişgan xulosasi va hududiy hokimlar
tomonidan taqdim etiladigan kafolat xatiga asosan ruxsat
etiladi.

Endilikda, yuqoridagi talab böyiça umumiy ovqatlaniş
obʼektlari, istirohat boğlari, dam oliş maskanlari, barça
turdagi ixtisoslaştirilgan bozorlar, sport zallari, trenajor,
fitnes klublar, davlat va nodavlat maktabgaça taʼlim
taşkilotlari, nodavlat taʼlim markazlari, tögaraklar,
sartaroşxona va gözallik salonlarining faoliyati bosqiçmabosqiç qayta yölga qöyiladi.

Şu bilan birga, hurmatli tadbirkorlar va korxona
rahbarlaridan öz faoliyatlarini olib borişda sanitariya
qoidalariga qatʼiy rioya etiş, koronavirus tarqalişini oldini
oliş uçun zaruriy bölgan barça profilaktik çoralarni köriş,faoliyat körsatayotgan obʼektda xizmat qiluvçi xodimlarning soğliğiga eʼtiborli böliş talab etiladi.

Mazkur talablarning bajarilişiga korxona, muassasa va
taşkilot rahbarlari şaxsan javobgar hisoblanadi.
Uşbu talablarga rioya qilmaslik holatlarining har biri
yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatʼiy
javobgarlikka tortiş hamda sanitariya-epidemiologiya organlari
tomonidan korxona, taşkilot va muassasalar faoliyatini yopişdan
iborat çoralar qöllanadi.

Jumladan, epidemiyaga qarşi kuraş töğrisidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uçun Özbekiston Respublikasi
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasiga
asosan fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining
30 baravarigaça, mansabdor şaxslarga nisbatan 50 baravarigaça
miqdorda jarima soliş belgilangan.

Şuningdek, Jinoyat kodeksining 257-1-moddasida
sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarşi kuraş
qoidalarini qöpol ravişda buzganlik uçun bazaviy hisoblaş
miqdorining 100 baravarigaça jarima, uşbu holat odam ölimiga
sabab bölsa, 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.

Hurmatli hamşaharlar va tadbirkorlar, Sizdan
faoliyatingizni sanitariya-gigena qoidalariga qatʼiy rioya qilgan
holda olib borişingizni va bu boradagi masʼuliyatingizni yanada oşirişingizni sörayman.

Zero, mazkur qoidalarga töliq amal qiliş koronavirus
tarqalişini oldini olişga, Siz va bizning oila aʼzolarimiz,
yaqinlarimizning soğliğini asraşga, kelgusida karantin rejimi
qayta joriy qilinmasligi va çeklovlar örnatilmasligiga xizmat
qiladi.

Namangan şahar prokurori.

Namanganliklar.Uz

×