Kriştianu Ronaldu «Roma»ga ötişi mumkin

Kriştianu Ronaldu «Roma»ga ötişi mumkin

Kriştianu Ronaldu «Mançester Yunayted»dan ketişi mumkin.

La Repubblica naşrining xabariga köra, portugaliyalik hujumçi jamoa yangi mubbiyi Erik ten Hagning uslubiga mos kelmaydi.

«Mançester Yunayted» keyingi mavsum Çempionlar Ligasida iştirok etmasligini inobatga olgan futbolçining agenti Jorje Mendeş mijozi uçun yangi jamoa izlaş bilan band.

37 yoşli hujumçiga «Roma» qiziqiş bildirmoqda. Joze Mourino bilan bir yillik hamkorlikdan söng rimliklar Ronalduning transferi «Roma» brendini rivojlantiriş va uning maşhurligini oşiriş uçun yordam beradi deb hisoblamoqda.

Ronaldu uçun Italiyadagi soliq rejimini muhim rol öynaşi mumkin, u yerdagi soliq tizimi boşqa Yevropa mamlakatlariga qaraganda yumşoqroq. Mendeşning «Roma» bilan mustahkam aloqalari mavjud, u klubga Joze Mourino, Ruy Patrisiu va Serjiu Oliveyrani olib kelişga yordam bergan. «Roma»ning sport direktori Tiagu Pintu ham Jorje bilan iliq munosabatlarga ega. Ular ikkalasi Pintuning «Benfika»da işlagan davridan buyon hamkorlik qilib keladi.

Biroq Ronalduning «Roma»ga ötişiga tösiqlar mavjud. Birinçidan, rimliklar unga «Mançester Yunayted» tölaydigan 23 million yevrolik maoşni tölay olmaydi. Italiya klubida allaqaçon moliyaviy feyr-pley borasida muammolar mavjud. Ikkinçidan, «Roma» ham mankunianliklar singari keyingi mavsum Yevropa Ligasida iştirok etadi. Bu musobaqa Ronalduni öziga jalb etişi amri-mahol.

Portugaliyalik faoliyatini davom ettirişi uçun yana bir variant mavjud — yangi mavsumda Çempionlar Ligasida iştirok etuvçi «Sporting». Kriştianu uşbu jamoada faoliyatini boşlagan.

Hujumçi 2021/22 yilgi mavsumda barça musobaqalarda 39 ta öyinda maydonga tuşib, 24 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

×