11 yoşli qizga zöravonlik qilgan şaxs qölga olindi

11 yoşli qizga zöravonlik qilgan şaxs qölga olindi

11 yoşli qizga zörlik amalga oşirişga ayblangan şaxs qölga olindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi. 

«Bloger niqobi ostidagi bu kimsa qonuniy xotini böla turib, boşqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni öziga ikkinçi xotin qilib olgan. Şu bilan ham qoniqmay, ikkinçi xotinining voyaga yetmagan (11 yaşar) qizini ham muntazam zörlab kelgan.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyatining aralaşuvi bilan bolaning huquqlari poymol bölişi oldi olindi. Hozirda Agentlik tomonidan jabrlanuvçiga zarur tibbiy, psixologik va ijtimoiy kömak körsatilmoqda», deyiladi xabarda.

Voyaga yetmagan şaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan 31 yaşar A.K rad etib bölmas dalillar bilan qölga olingan bölib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda ön tört yoşga tölmagan şaxsga nisbatan qondiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Teglar:
×