13 yoşli qizga behayo harakatlar qilgan erkak böyiça suriştiruv boşlandi

13 yoşli qizga behayo harakatlar qilgan erkak böyiça suriştiruv boşlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonida ketayotgan qizga nomaʼlum erkak tegajoğliq qilişga uringani tasvirlangan video tarqaldi. Holatni qizning özi telefoni yordamida tasvirga olgan.

IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlaş boş boşqarmasining maʼlum qilişiça, holat 18 sentyabr kuni soat taxminan 17:00 larda Toşkent metropolitenining «Olmazor» bekatida sodir bölgan. Poytaxtning Yangihayot tumanida yaşovçi 2008 yilda tuğilgan, voyaga yetmagan, A.E.ga nisbatan nomaʼlum erkak tomonidan behayo harakatlar qilgani holati böyiça suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Taʼkidlanişiça, hozirda videokuzatuv moslamalari orqali nomaʼlum erkakning harakat yönalişini örganiş va şaxsini aniqlaş işlari amalga oşirilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, agar siz uşbu fotosuratdagi erkak kişi haqida maʼlumotga ega bölsangiz darhol 102 raqamiga yoki yaqin bölgan içki işlar organiga xabar berişingizni söraymiz», — deyiladi xabar söngida.

×