Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi avtobus bekatida nomaʼlum erkak bir qizga noörin xatti-harakatlar sodir etgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toşkent şahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova QALAMPIR.UZ'ga maʼlumot berdi.
Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik yuzasidan 1971 yilda tuğilgan şaxsga oid maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilgan.
2001 yilda tuğilgan fuqaroga Toşkent vokzali hududidagi bekat oldida notaniş erkak noörin xatti-harakatlar bilan sökinib, jamoatçilik oldida özining past niyatlarini amalga oşirmoqçi bölgan.
Sud majlisida arizaçi şaʼniga tegadigan sözlar bilan haqorat qilib, şarmanda qilganini bayon etib, suddan huquqbuzarga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Sudning qaroriga köra, huquqbuzar Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Manba: Qalampir.Uz









