Bolalarni şippak bilan kaltaklagan boğça tarbiyaçisiga jinoyat işi qözğatildi

Bolalarni şippak bilan kaltaklagan boğça tarbiyaçisiga jinoyat işi qözğatildi

Jizzax viloyati Ğallaorol tumanidagi boğçada tarbiyaçi bolalarni şippak bilan kaltaklagani töğrisida xabar berilgandi. Bolalar ombudsmanining maʼlum qilişiça, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.

Ğallaorol tumanida joylaşgan 16-sonli maktabgaça taʼlim muassasasi tarbiyaçisi K.M. (ayol) 13 iyun kuni örta guruh tarbiyalanuvçilari xonasiga kelib, göyoki şöxlik qilgani uçun tarbiyalanuvçilar 6 yoşli T.D., 5 yoşli A.A. va T.K. va 3 yoşli E.E.ni tanasining turli joylariga qöli va oyoq kiyimi bilan urgan.

DMTT tarbiyaçisi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinib, 2024 yil 19 iyun sanasidan eʼtiboran egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 

Taʼkidlanişiça, 21 iyun kuni K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (qiynaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Teglar:
×