Namangan viloyati Kosonsoy tumanida fermer xöjaligi direktori hamda ularning işçilarini urib, tan jarohati yetkazgan şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatildi, deb xabar beradi Tergov departamenti.
Maʼlum qilinişiça, 17 mart kuni soat 12:30 larda 24 yoşli Tohir B. va 34 yoşli Mahmud O. Kosonsoy tumani «Özbekiston» MFY hududida joylaşgan boğdorçilikka asoslangan fermer xöjaligiga kelib, uşbu xöjalik direktori 55 yoşli Kamol M.ni hamda uning beş nafar işçisini kaltaklagan. Şuningdek, ular fermer xöjaligi işçilariga tegişli bölgan Nexia-3, «Niva», Hyundai, Mercedes-Benz rusumli avtomaşinalari, Samsung rusumli ekskavator, fermer xöjaligining dala şiyponi oynalarini toş bilan urib şikastlagan.
Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Tohir B. va Mahmud O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida uşbu fermer xöjaligining direktori Kamol M.ning oldiga «Özbekiston» MFYda yaşovçi fuqarolar Dilfuza va uning singlisi Nigora kelib, göyoki mahalladagi yerlarni özboşimçalik bilan egallab olayotganligini rökaç qilib, u bilan nizolaşgan. Bu haqda ular hamqişloqlariga borib aytib, özlari bilan 50-60 nafar ayol va erkakni fermer xöjaligining yer maydoniga boşlab kelgan. Janjal şuning natijasida kelib çiqqan.
«Jinoyat işi doirasida barça fuqarolarning şaxsi aniqlanib, ularning har birining xatti-harakatiga qonuniy baho berilişi taʼminlanadi», — deyiladi xabarda.











