Özbekistonda maktabgaça taʼlimdagi qamrov darajasi hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkaziladi. Bu haqda ayni paytda ÖzLiDePning X qurultoyida nutq sözlayotgan Şavkat Mirziyoyev qayd etdi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri.
Davlat rahbarining sözlariga köra, buning uçun qöşimça ravişda 7 mingdan ziyod yangi boğça taşkil etiladi. 2024 yil yakuniga qadar 6 yoşli bolalar maktabgaça tayyorlov tizimi bilan töliq qamrab olinadi.
Uşbu tadbirlar hisobidan kelgusi beş yilda tizimda 45 mingdan ortiq xotin-qizlar uçun qöşimça iş örinlari yaratiladi. Boğça tizimi xodimlarining oylik maoşlari ham bosqiçma-bosqiç oşirib boriladi.
Şuningdek, maktab taʼlimi tizimi uçun öquv dasturlari va darsliklar ilğor xorijiy tajriba asosida töla qayta işlanib, 2026 yilga qadar amalda joriy etiladi. Öqituvçilar mehnatini munosib qadrlaş borasidagi işlar davom ettiriladi.
Bolalar soni ösib borayotganini inobatga olib, yangi maktablar quriş, xususiy maktablarni köpaytiriş, taʼlim sifatini oşirişni nazarda tutuvçi Maktablarni rivojlantiriş davlat dasturi işlab çiqiladi. Şu asosda kelgusi beş yilda qöşimça 1,2 million öquvçi örni yaratiş uçun maktablar rekonstruktsiya qilinadi va yangidan barpo etiladi.









