Ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi şahridagi 32-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida rahbarlar tekşiruv kelgani uçun bolalarni hojatxonaga yaşirib qöygani haqida xabarlar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati Maktabgaça taʼlim boşqarmasi rasmiy maʼlumot berdi.
Unga köra, bolalar hojatxonaga yaşirib qöyilgani va boşqa kamçiliklarni örganiş yuzasidan Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Qarşi şahar bölimi tomonidan joriy yilning 29 noyabrʼ sanasi bilan 1.18-799-21-sonli xat kelgan.
Xatda keltirilişiça, Qarşi şahar maktabgaça taʼlim bölimi tasarrufidagi 32-sonli Davlat maktabgaça taʼlim taşkilotining joriy yil 1 yanvardan 1 noyabrgaça bölgan davrda moliya-xöjalik faoliyati yuzasidan ötkazilgan tekşirişda 80 million 153 ming 669 sömlik byudjet mablağlarini özlaştiriş va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qiliş hamda sud hujjatlarini ijro etmaslik jinoyati alomatlari aniqlangan.
Şu sababli 32-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti mudirasi Z.Q. va boşqalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, jinoyat işi dastlabki tergov harakatlarini olib boriş uçun Qarşi şahar prokuraturasiga yuborilgan.
Qayd etilişiça, jarayon yuzasidan qöşimça maʼlumotlar berib boriladi.









