Farğona şahrida 2007 yilda qotillik va öğrilik jinoyatlarini sodir etgan şaxsga 2021 yilda sud hukmi öqildi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat sudi xabar bermoqda.
Maʼlum bölişiça, 1975 yilda tuğilgan, muqaddam ikki marotaba sudlangan, Farğona şahrida yaşovçi Ahror Ramatov (barça ism-şariflar özgartirilgan) 2007 yilning 4 noyabr kuni soat 19:30 da mast holda ketayotib, köçada mahalladoşi 1983 yilda tuğilgan Mardon Topvoldiyevni körib qolgan. Uçraşuv davomida Ahror yengil tabiatli ayollar bilan «dam oliş»ni taklif qilgan.
Mardon rozi bölgaç, ikkovlon «yengil tabiatli» ayollar turadigan joyga kelib, marhuma Maftuna Hosilova hamda Tölqinoy Parmonova bilan tanişib, dam olib ötirişga kelişib, Maftunaning uyiga borgan. Uyda özlari bilan olib kelgan spirtli içimliklarni isteʼmol qilgaç, soat 23:00 larda Tölqinoy Parmonova uyiga ketgan. Şundan söng Ahror uy egasi bilan özaro janjallaşib qolgan. Janjal davomida Maftunaning uyatli sözlar bilan haqorat qilganidan ğazablangan Ahror xonada turgan DVD apparatining elektr simi bilan ayolning böynidan böğgan. Oqibatda ayol huşini yöqotgan.
Şundan söng Ahror uy egasini ölgan deb hisoblab, jinoyatga guvoh bölgan Mardonga bölgan voqea haqida heç kimga aytmaslikni uqtirib, xonadonda bölgan «Konedak» nomli DVD va Siemens nomli telefonni yaşirin ravişda olib çiqib ketgan.
Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Maftuna Hosilova olgan tan jarohati natijasida 2007 yilning 5 noyabr kuni şifoxonada vafot etgan.
«Uşbu voqeadan söng Mardon bilan uyga qaytdik. Öğirlangan narsalarni uyga olib kirişdan qörqib, yonimizdagi ariq yon tomoniga kömib qöydim. Oradan beş-olti kun ötgaç, Rossiyaga ketdim. U yerda olti oy işlab qaytib kelib, kömib qöyilgan apparatlarni qaraganimda joyida turgan ekan. Işlatmoqçi böldim, ammo qörqdim. Bundan taşqari eskirib, zanglab ketgan edi, bölaklarga bölib, lölilarga sotdim. Heç kim şubhalanmaganligi uçun voqeani hammadan sir saqladim. Şerigimga ham tiliga mahkam bölmasa, yomon bölişini bildirib, ogohlantirganim uçun jim yurdi. Aslida uni öldiriş niyatim bölmagan. Faqat u nafsoniyatimga teggani uçun özimni tutib turolmadim. Qilgan işlarimdan puşaymonman», — deydi sudda söz olgan sudlanuvçi.
Sud iş hujjatlarini körib çiqib, Ahror Ramatovni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş) va 169-moddasi (öğrilik) bilan ayblab, unga nisbatan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan. Biroq sud hayʼati, Oliy Majlis Senatining 2007 yil 30 noyabrdagi, 2012 yil 5 dekabrdagi, 2013 yil 12 dekabrdagi, 2014 yil 14 noyabrdagi qarorlarida körsatilgan tegişli bandlarni qöllab, ötalmay qolgan jazo muddatini törtdan bir qismiga qisqartirişni lozim deb topgan









