Özbekistonda maşina signalini sababsiz bosgan haydovçi jarima tölaydi. Adliya vazirligi qanday hollarda signal çaliş mumkinligini maʼlum qildi.
Özbekistonda maşina signalini sababsiz bosgan haydovçi jarimaga tortiladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida maʼlum qilindi. Qonunçilikka köra, tovuşli işoralar faqat quyidagi hollarda qöllanilişi mumkin:
Aholi punktlaridan taşqarida boşqa haydovçilarni quvib ötiş haqida ogohlantiriş uçun;
zarur bölgan hollarda yöl-transport hodisasining oldini oliş uçun.
Yuqorida körsatilgan hollardan taşqari tovuşli işoralardan foydalaniş taqiqlanadi.
Şuningdek, tovuş signalini sababsiz beriş, transportlarga uni işlab çiqargan korxona nazarda tutmagan tovuş çiqaruvçi va yorituvçi qurilmalarni örnatiş, xuddi şuningdek ularni özgartirib örnatiş, BHMning 1 baravari (340 ming söm) miqdorida jarima solişga sabab böladi.









