Özbekistonda ayrim qoidabuzarliklar uçun jarima miqdori oşirilmoqda

Özbekistonda ayrim qoidabuzarliklar uçun jarima miqdori oşirilmoqda

Özbekistonda bir qator huquqbuzarliklar böyiça javobgarlik kuçaytirilmoqda. Xususan, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş va qöşimçalar kiritilyapti. Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi qonunda aytib ötilgan.

Unga köra, sanitariya qonunçiligi, normalari va qoidalarini hamda gigiyena normativlarini buzganlik uçun fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – 15 baravaridan 20 baravarigaça miqdorda jarima solinişi belgilanadi. Şu vaqtga qadar bunday qonunbuzarlik uçun BHMning 1 dan 3 baravarigaça va 5 dan 10 baravarigaça jarima solinardi.

Şuningdek, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik, epizootiyalarga qarşi kuraşiş çoralarini körmaganlik uçun fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigaça mansabdor şaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça jarima belgilanmoqda. Avvalgi tahrirga köra, uşbu qoidabuzarliklar uçun fuqarolarga BHMning 50 foizi, mansabdor şaxslarga esa BHMning 50 foizidan 2 baravarigaça jarima belgilangandi.

Bundan taşqari, hayvonlarning kasalligi haqidagi maʼlumotlarni yaşirganlik uçun BHMning 3 baravari miqdorida hamda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qöşimçalarni işlab çiqarişda qoidabuzarlikka yöl qöyganlik uçun BHMning ön baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.

Uşbu qoidabuzarliklar jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazsa, tinçlik va xavfsizlikka tahdid solinişiga olib kelsa, litsenziya va ruxsat beruvçi hujjatning bekor qilinişiga olib kelişi mumkin.

Şuningdek, Pivo (pivo içimliklari)ning bilan ulgurji savdosini amalga oşiriş, tamaki mahsulotlari bilan çakana va ulgurji savdo qilişga doir faoliyatni amalga oşiriş uçun ham xabardor qiliş tartibi belgilanmoqda.

eslatib ötamiz uşbu qonunga muvofiq Jinoyat kodeksiga ham özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan hamda baʼzi jinoyatlar uçun javobgarlik muddatlari


×